Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Respublikadagi 3,6 mingdan ortiq mahallada jinoyat qayd etilmadi – Bosh prokuratura

Respublikadagi 3,6 mingdan ortiq mahallada jinoyat qayd etilmadi – Bosh prokuratura

Joriy yilning o‘tgan davrida prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 9 311 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.

Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

o‘tgan 10 oyda 4 ming 107 nafar yoshlarning ish bilan ta’minlanishida, 6 ming 685 nafariga ijaraga yer ajratilishida,

1 ming 995 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 5 ming 756 nafarini o‘zini o‘zi band qilishida  ko‘maklashildi.

Qayd etilishicha, aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda. Xususan, 381 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,6 mlrd so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlangan. Prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 9 ming 311 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Shuningdek, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlar xususida ham axborot berildi.

Bosh prokuratura rasmiysining ta’kidlashicha, ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 3 ming 646 tasida yoki 38,5 foizida jinoyat qayd etilmagan. 4 ming 596 tasi yoki 48,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring