Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qumqo‘rg‘ondagi sel oqibatlari bartaraf etilmoqda

Qumqo‘rg‘ondagi sel oqibatlari bartaraf etilmoqda

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga viloyatning boshqa hududlaridan yordam kuchlari jalb qilingan. 

Tezkor tadbirlarga 460 dan ortiq xodim jalb qilingan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga muvofiq Qumqo‘rg‘on tumanining sel-suv toshqinlaridan talofat ko‘rgan 4 ta mahallasidagi 61 ta ko‘cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirildi. Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinalari, 100 ga yaqin maxsus transport vositalari, 50 ta motopompa vositalari jalb qilindi.

Qayd etilishicha, bugun 130 dan ortiq xonadon loyqa suvlardan tozalandi, 12 km ichki yo‘llar toshlandi, 3 mingdan ortiq ob’yekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzlari dezinfeksiyalandi. Aholi qaromog‘idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o‘tkazilib, veterinariya xizmati ko‘rsatildi.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko‘chalar bo‘ylab, tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring