Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodi ma’qullandi

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodi ma’qullandi

2023-yil 26-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodini ko‘rib chiqdilar. 

Majlisda I. Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar I. Abdurahmonov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qulladilar.

Eslatib o‘tamiz, 25-oktyabr kuni Prezident Mirziyoyev Qarshi shahrida o‘tkazgan yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelgan Aziz Voitovning ishdan olingani va tizimga shu kunga qadar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri sifatida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov rahbar bo‘lishinit e’lon qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring