Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi hududdan eng ko‘p abituriyentlar o‘qishga kirgani aytildi

Qaysi hududdan eng ko‘p abituriyentlar o‘qishga kirgani aytildi

Joriy o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi) bo‘yicha esa:

  • Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
  • Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
  • Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.

OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Buxoro viloyati — 28,32 foiz;
  • Navoiy viloyati — 24,03 foiz;
  • Xorazm viloyati — 23,95 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 foiz;
  • Toshkent shahri — 22,18 foiz.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Buxoro viloyati — 107,3 ball;
  • Toshkent shahri — 105,2 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
  • Namangan viloyati — 101,2 ball;
  • Xorazm viloyati — 100,0 ball.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring