Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident aholini gaz va elektr energiya bilan ta’minlash bo‘yicha jiddiy topshiriqlar berdi

Prezident aholini gaz va elektr energiya bilan ta’minlash bo‘yicha jiddiy topshiriqlar berdi

Buxoroda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilayotgan videoselektorda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Xususan, davlat rahbari tomonidan ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish; yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.

1 oktyabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi

Aholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirildi.

Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi ta’kidlandi.

Mas’ul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga o‘tadi.

Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini ko‘radi.

Ijtimoiy soha ob’yektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik ob’yektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini o‘rnatish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring