Poytaxt hokimligi davlat xodimlariga milliy libosda bo‘lishni tavsiya qilmoqda
Toshkent shahar hokimi shaharda milliylikni targ‘ib qilish, milliy madaniyatni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining boy merosini yosh avlodga yetkazish, shahar aholisining madaniy saviyasini oshirish, shuningdek, shahar hayotida milliy an’analarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir qarorini imzoladi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi va ushbu maqsadlarga xizmat qiladigan «Milliy Toshkent» loyihasi ishlab chiqiladi.
Ishchi guruh milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qator chora-tadbirlar, jumladan, milliy liboslar va milliylikni ommalashtirishga oid targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va milliy liboslar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash kabi ishlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar hamda tuman hokimliklari mazkur qarordan kelib chiqqan holda milliy liboslarda yurishni, milliylikni targ‘ib qilishni va milliy madaniyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi.
Qolaversa, davlat tashkilotlarida haftaning har juma kuni «Milliy liboslar kuni» deb belgilanadi. Poytaxtdagi davlat organlari va muassasalari xodimlari ish kunlarida milliy liboslarda yurishi tavsiya etiladi (tasdiqlangan xizmat kiyimlari bundan mustasno). Ularning milliy liboslarda yurishi uchun alohida shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter