Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Piskentda o‘rmon hududining yoqib yuborilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Piskentda o‘rmon hududining yoqib yuborilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 1-iyul kuni Toshkent viloyati Piskent tumani «Lolo ariq» mahallasida joylashgan «Toshkent» davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli «Angren o‘rmon bo‘limi» 1-uchastkasi yer maydonlarida hududida sodir bo‘lgan yong‘in ortidan jinoiy ish ochildi.

Bosh prokuratura bergan xabarda aytilishicha, jinoyat ishi Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura esa mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan yong‘inda «Angren bo‘lim» hududining 5,89 gektaridagi yovvoyi qurigan o‘tlar va tabiiy holda o‘sgan jing‘il butalari yongan.

Hozirda soha mutaxassislari tomonidan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring