Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» 24–26-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» 24–26-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 24–26 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi 24-iyunda +30...+35 daraja, 25-26-iyunda +35...+40 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi 24-iyunda +32...+37 daraja, 25-26-iyunda +36...+41 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 24-25-iyunda +32...+37 daraja, 26-iyunda +34...+39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi 24-25-iyunda +35...+40 daraja, 26-iyunda +36...+41 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25-26-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 24-iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 24-25-iyunda +32...+37 daraja, 26-iyunda +34...+39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi 24-25-iyunda +20...+25 daraja, 26-iyunda +23...+28 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring