Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Yangi elchi Singapurga tayinlanishidan oldin O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

54 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan. Uzoq yillar davomida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan.

Elchixona maslahatchisi sifatida u Avstriya va Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan. Xususiy biznesda, jumladan, xorijda ishlash tajribasiga ega.

Diplomat 2017-yildan buyon O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi (2018–2024) va Avstraliyada (2022–2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) bo‘lib ishlagan Qahramon Shokirov o‘rniga tayinlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring