Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi

O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilgan, umumiy qiymati 7 million yevrodan ortiq bo‘lgan «O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish» tashabbusi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekistonda demokratiya» axborotnomasining navbatdagi sonida ma’lum qilindi.

Tashabbus Yevropa Ittifoqi, GIZ boshchiligidagi YeI konsorsiumi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Jumladan, YeI homiyligidagi tashabbus doirasida ikkita loyiha ishga tushirildi:

«Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish» loyihasi — GIZ boshchiligidagi YeI konsorsiumi tomonidan «Mintaqaviy muloqot» XNT hamda Markaziy moliya va shartnoma agentligi (CFLA) bilan hamkorlikda Germaniya hukumati tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan 4,55 million yevrolik budjet bilan amalga oshiriladi;

«Korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash» loyihasi — BMTTD tomonidan 2,5 million yevrolik budjet bilan amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu loyihalar 2024-yildan 2026-yilgacha mo‘ljallangan va O‘zbekistonning barcha 14 hududini qamrab oladi.

Loyihalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari huquqiy va institutsional islohotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali ijtimoiy mas’uliyatni oshirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring