Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng kam maosh to‘lanayotgan sohalar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda eng kam maosh to‘lanayotgan sohalar ma’lum qilindi

2023-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 4 mln 551,4 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, o‘tgan yili hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (7 mln 453,4 ming so‘m), Navoiy (5 mln 887,8 ming so‘m), Toshkent (4 mln 526,0 ming so‘m), Andijon (3 982,7 ming so‘m) hamda Buxoro (3 mln 883,9 ming so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori o‘sishi esa Farg‘ona viloyati (119,1 foiz), Toshkent shahri (118,7 foiz), hamda Jizzax (118,1 foiz), Xorazm (118,0 foiz) va Samarqand (117,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 13 mln 323,2 ming so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek:

  • axborot va aloqa sohasi 10 mln 602,1 ming so‘m;
  • tashish va saqlash sohasi 6 mln 936,7 ming so‘m;
  • sanoat sohasi 5 mln 622,2 ming so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi.

Ta’lim (3 mln 123 ming so‘m) hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 mln 2,6 ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarni band qilgan.

Ma’lumot uchun, nominal hisoblangan ish haqi – ma’lum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq to‘lash tarzida jismoniy shaxsga pul shaklida hisoblangan daromadlardan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring