Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan hafta sotilgan avtoraqamlarning eng qimmati 315,2 mln so‘m bo‘lgan – Birja

O‘tgan hafta sotilgan avtoraqamlarning eng qimmati 315,2 mln so‘m bo‘lgan – Birja

Joriy yil 10-iyundan 16-iyungacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 66 906 ta (shundan 59 405 tasi jismoniy shaxslar va 7 501 tasi yuridik shaxslar) avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan.

Hisobot davrida 3 911 ta avtoraqamlar bo‘yicha autsion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 16 mlrd 44,6 mln so‘mni tashkil etdi. Amalga oshgan bitimlarning 95 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (15 mlrd 230,9 mln so‘mga teng 3 742 ta avtoraqam) va 5 foiz ulushi yuridik shaxslarga (813,7 mln. so‘mga teng 169 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,1 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 315,2 mln so‘mni tashkil qildi.

Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 713 708 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 685 803 nafari jismoniy shaxslar va 27 905 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring