Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘qishga kirganlik haqidagi SMS-xabarlar agentlik xodimlariga ham kelyapti» – BMBA

«O‘qishga kirganlik haqidagi SMS-xabarlar agentlik xodimlariga ham kelyapti» – BMBA

Mazkur o‘quv yilining boshlanishi arafasida ko‘pchilikka nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar jo‘natilayotgani aytilgan edi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) ushbu holatning nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilganini ta’kidlamoqda.

«Ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda», – deyiladi Agentlik munosabatida.

Shuningdek, BMBA Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmasligini, (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno) hamda Agentlik axborot tizimlariga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagani va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma’lumotlari qo‘lga kiritilmaganini bildirgan. 

O‘z o‘rnida, o‘zbekistonliklarga ishonchsiz manbalardan foydalanmaslik va turli manbalarga shaxsiy ma’lumotlarini kiritmaslik tavsiya qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring