Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Navoiyazot» bozorda sun’iy taqchillik yaratish evaziga 20,5 mlrd so‘m ishlab olgani aytildi

«Navoiyazot» bozorda sun’iy taqchillik yaratish evaziga 20,5 mlrd so‘m ishlab olgani aytildi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan «Navoiyazot» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyasiyalari holatlarini aniqlagan.

Qo‘mita axborot xizmatining ma’lum qilishicha, jamiyat 2021-2023 yillarda mineral o‘g‘it (karbamid, sulfat ammoniya, superfosfat, polivinilxlorid (PVX) va formalin) mahsulotlarini tegishli qonun va qonunosti hujjatlari talablariga zid holda tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda birja savdolariga qo‘ymagan. Jami 57 209 tonna mahsulotning savdoga qo‘ymasligi oqibatida esa taklif sun’iy ravishda kamaytirilgan va natijada narxlarni o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshirib kelingan.

Mazkur huquqbuzarliklar natijasida esa jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.

Mazkur qonun talablari buzilishi holatlari yuzasidan Qo‘mita tomonidan «Navoiyazot» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring