Namanganda «Damas» va poyezd to‘qnashib ketdi
Joriy yil 9-noyabr kuni Namangan viloyati Uychi tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, shu kuni soat 10:20larda, Uychi-Chortoq temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 1961-yilda tug‘ilgan haydovchi «Damas» rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, kesishmadagi to‘xtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etgan.
Natijada avtomashina temir yo‘lda harakatlanib kelayotan teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter