Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahbuslardan aybdorligi haqida olingan ariza dalil sifatida qabul qilinmaydigan tartib o‘rnatiladi

Mahbuslardan aybdorligi haqida olingan ariza dalil sifatida qabul qilinmaydigan tartib o‘rnatiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 30-may kuni bo‘lib o‘tgan O‘zLiDePning navbatdagi qurultoyida o‘z saylovoldi dasturini taqdim qildi.

Dasturga, jumladan, sud-huquq sohasidagi rejalar ham kiritilgan.

Amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha hozir taraflar o‘rtasida yarashuv bo‘lsa ham, jinoyat ishi qo‘zg‘atilayotgani, odamlar tergov va sudda sarson bo‘lib yurganini ta’kidladi.

«Shu bois, jabrlanuvchining iltimosiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan ham yarashish imkoniyati yaratiladi», – deydi Mirziyoyev.

Shuningdek, odamlarni «qamoqqa olib tergov qilish» amaliyotini kamaytirish, buning o‘rniga garov ehtiyot chorasidan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Qamoqdagi shaxslardan olingan «aybni bo‘yniga olish» haqidagi ariza esa dalil sifatida qabul qilinmaydigan tartib o‘rnatiladi.

«Dunyo amaliyotidan kelib chiqib, jinoyat sodir qilgan shaxslarni ular kelgusida tuzalish yo‘liga o‘tishi uchun, muqobil jazo turlarini kengaytirish zarur.

Tadbirkorlar uchun esa jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish kerak», – deydi Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring