Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Korzinka» supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

«Korzinka» supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasi «Korzinka» («Anglesey food» MChJ)ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

Qayd etilishicha, mazkur firma tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida «Kundalik xaridlarga eng arzon narx», «Eng arzon narx – Korzinka’da», «...eng unumlisiga keling!» kabi iste’molchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘zlardan foydalanilganligi kuzatilmoqda.

Mazkur reklama axborotida qayd etilgan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat bo‘lgan katalog joriy qilinganligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmog‘i hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringlar natijasiga ko‘ra solishtirilganligi hamda taqqoslash uchun har bir tovarning alohida emas, balki savatning (katalogning) umumiy narxi olinganligi aniqlandi.

Xususan, «eng arzon narx» deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatilgan.

«Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin.

Yuqoridagilarga ko‘ra, «Reklama to‘g‘risida»gi qonun 16-moddasi 1-qismi va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun 6-moddasi 1-qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan «Anglesey food» MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi», – deyiladi Qo‘mita xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring