Jizzaxda qarzdorning «Gentra»si olib qo‘yildi

Jizzaxda bank qarzdorligini to‘lashdan qochib yurgan fuqaroning avtomashinasi xatlandi.
Ma’lum qilinishicha, byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarzdor O.A. dan bank foydasiga kredit qarzdorlik undiruvini garov mulki hisoblangan «Gentra» avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi kelib tushgan.
Mazkur ijro ishi doirasida qarzdor bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasini xatlashdan yashirib kelgan.
Qarzdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atish yuzasidan surishtiruv jarayonida huquqiy oqibatlarni tushuntirishlar natijasida «Gentra» avtomashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida ushbu avtomashina auksion savdolarida sotilib, tushgan puldan qarzdorliklar qoplanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter