Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet orqali giyohvandlik moddalarini reklama qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Internet orqali giyohvandlik moddalarini reklama qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bugun, 21 iyun kuni Senat ma’qullagan qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning ta’kidlashicha, bugungi kunda voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda hamda telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish orqali giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi ortib borayotganligi munosabati bilan ushbu huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda.

Shu bilan birga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatganlik yoki reklama qilganlik uchun odillik prinsipiga muvofiq jazo choralarini qo‘llash maqsadida mazkur turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelyapti.

Ushbu hujjat bilan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda, shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Senatorlar ta’kidlashicha, mazkur Qonun giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni targ‘ib yoki reklama qilishning hamda ularning qonunga xilof muomalasining oldini olishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring