Chirchiq va Olmaliqda yangi nomdagi oliy o‘quv dargohlari ochiladi

Prezidentning tegishli qarori loyihasi bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti negizida Chirchiq davlat universitetini, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida esa Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda universitet hamda institutning boshqaruv kadrlari lavozimlariga nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan mutaxassislarni jalb etadi.
Shuningdek, ta’lim dargohlarida bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslarni xorijiy tillarda o‘qitadigan alohida guruhlar tashkil etladi.
2027 yil 1 sentyabrga qadar Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun zamonaviy uskunalar, jihozlar, shuningdek, yetarli xom ashyo bilan ta’minlangan o‘quv ustaxonasi hamda «Biotexnologiya», «Sun’iy intelekt», «Ekologiya xavfsizligi» o‘quv laboratoriyalarini tashkil etadi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab esa Universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter