Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Buxorodagi YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Buxorodagi YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib, hodisa qurbonlari 2 nafarga yetganini tasdiqladi.

«Yo‘l-transport hodisasi natijasida shifoxonaga yotqizilgan, avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan joriy yil 19-mart kuni vafot etgan», – deyiladi xabarda.

Idora, o‘z navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ushbu hodisada avtobus haydovchising ham vafot etgani haqidagi xabarlarga munosabat bidirgan. Unga ko‘ra, haydovchining shifoxonada vafot etganligi haqidagi xabarlar asossiz.

Avtobus haydovchisi ayni paytda tan jarohati bilan Buxoro shahar Tibbiyot birlashmasida tibbiy muolajalar olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19-mart kuni «Xabar.uz» o‘z manbasiga tayanib, ikkinchi qurbonning Kogon tumanidagi 5-maktab 9-sinf o‘quvchisi M.R. (qiz bola) ekani haqidagi qayg‘uli xabarni ulashgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring