Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botanika bog‘i Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi – Saida Mirziyoyeva

Botanika bog‘i Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi – Saida Mirziyoyeva

Bir necha kundan buyon Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining poytaxt hokimligi ixtiyoriga o‘tkazilishini va undan tijoriy maqsadlarda foydalanish mumkinligini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham mazkur yangilikka o‘z munosabatini bildirib, bog‘dan «tijoriy maqsad»larda foydalanish mumkin emasligiga urg‘u berdi.

«Botanika bog‘i – bu ko‘ngilochar joy emas. Bu – butun shahrimiz har kuni nafas olayotgan Toshkentning «o‘pkasi». Bu - biz g‘ururlanadigan tarix. 70 yildan ortiq vaqt davomida iste’dodli olimlarimiz ushbu bog‘da bebaho daraxtlar va o‘simliklarni yetishtirdilar, ularga o‘z mehr-muhabbatini bag‘ishladilar.  Yurtimizda bunday maskan boshqa hech qayerda yo‘q.

Tabiatning ana shu bir parchasini asrab-avaylash, uni himoya qilish va bolalarimizga yetkazish bizning burchimizdir. Men Botanika bog‘ini tijoriy tuzilmalar boshqaruviga topshirishga qat’iyan qarshiman. Uning bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart», – deydi Mirziyoyeva.

U, shuningdek, bog‘ning Fanlar akademiyasi ixtiyoridan olib qo‘yilayotganini qoralaydi.

«Bog‘ni olimlar yaratgan va u olimlar ixtiyorida bo‘lishi, butun o‘zbekistonliklar uchun xizmat qilishi lozim. U Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi», – deydi u. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring