Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim hududlardagi obodonlashtirish boshqarmalari tajriba tariqasida xususiylashtiriladi

Ayrim hududlardagi obodonlashtirish boshqarmalari tajriba tariqasida xususiylashtiriladi

Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Jumladan, ayrim tumanlardagi obodonlashtirish boshqarmalari tajriba tariqasida xususiylashtiriladi.

Bu haqda Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.

Bunda, tadbirkorlar o‘ziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shug‘ullanadi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shug‘ullanadi va shunga yarasha haq oladi.

Yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan o‘tkazib, 2025 yildan barcha tuman va shaharlarda yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring