Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollarning katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishlariga ruxsat berilyapti

Ayollarning katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishlariga ruxsat berilyapti

Hukumatning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashga doir qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ayollarni avtotransport sohasi bilan bog‘liq kasblarda mehnat faoliyatini olib borishda teng sharoitlar yaratish maqsadida ularga 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish bo‘yicha amaldagi taqiqni bekor qilinadi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 27-bandiga ko‘ra, «C» yoki «D» toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.

Shuningdek, mazkur qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandiga ko‘ra, ayollarni «BC» va «D» toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.

Ya’ni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yulovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin. «Mazkur normalar transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishda ayollarni jalb etishga imkoniyat bermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga muvofiq xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi», – deyiladi Transport vazirligi tushuntirishida.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq emas deb topilishi xulosa qilinadi hamda mazkur normalarni bekor qilish choralarini ko‘rish taklif etiladi.

Vazirlikka ko‘ra, bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun jalb qilinayotgan avtobuslar va elektrobuslar o‘zining zamonaviyligi va boshqarishda qulayligi bilan ajralib turadi. Gidravlikalik  boshqarish (rul) xususiyatlari esa transport vositasini boshqarishda ayollarga ortiqcha qiyinchiliklar va jismoniy zo‘riqishlar tug‘dirmaydi.

Mazkur loyiha bilan yuqoridagi normalar chiqarib tashlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring