Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AOKA jurnalist va blogerlar uchun «MediaUz» tanlovini o‘tkazadi

AOKA jurnalist va blogerlar uchun «MediaUz» tanlovini o‘tkazadi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida o‘tkaziladigan «MediaUz» I an’anaviy tanlovini e’lon qildi. Bu haqda AOKAning «Telegram»dagi rasmiy kanalida xabar berildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish va hududlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda o‘z hissasini qo‘shayotgan jurnalist va blogerlar faoliyatiga munosib baho berish va ularni rag‘batlantirish.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi tashkilotlar nomzodlarini ko‘rsatish huquqiga ega:

— ommaviy axborot vositalari muassislari va/yoki tahririyatlari;
— nomzod bilan hamkorlik qiladigan davlat organlari;
— OAV sohasida faoliyat ko‘rsatadigan, jurnalistikani rivojlantiradigan va blogerlarni qo‘llab-quvvatlaydigan nodavlat-notijorat tashkilotlar;
— jurnalist va blogerlarning tashabbuskor guruhlari;
— AOKA huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha monitoring markazi;
— jurnalist va blogerlarning o‘zlari.

Tanlovda ishtirok etish uchun, ariza to‘ldirish, arizaga joriy yilning 2 fevralidan 20 noyabriga qadar bosma nashrlar, veb-saytlar, televideniye va radio, internetda e’lon qilingan maqola, intervyu, reportaj, ocherk va boshqa jurnalistik materiallarni ilova qilish talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2019 yilning 17 dekabriga qadar soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.

Belgilangan namunaga muvofiq bo‘lmagan, to‘liq tarkibda bo‘lmagan yoki ko‘rsatilgan muddatdan kech yuborilgan arizalar tanlovga ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.

Ariza shakli Agentlikning telegramdagi rasmiy kanalida ilova qilingan. 

«MediaUz-2019» jurnalist va blogerlarning an’anaviy tanlovi nominatsiyalari

 

Nominatsiyalar nomi

Qisqacha ta’rifi

 

 

1.

 

«Yil jurnalisti»

OAV, internet, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan, muhim voqeliklar, dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari, O‘zbekiston xalqining hayoti, faoliyati va yutuqlarini professonal aks ettirgan materiallar uchun.

 

2.

 

«Yil blogeri»

OAV, internet, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan, muhim voqeliklar, dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari, O‘zbekiston xalqining hayoti, faoliyati va yutuqlarini professonal aks ettirgan materiallar uchun.

3.

«Bosma OAVlarning eng yaxshi jurnalisti»

Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan, gazeta va jurnallarda chop etilgan dolzarb materiallar uchun.

4.

«Eng yaxshi
televizion jurnalist»

Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan televizion material va teleloyihalar uchun.

5.

«Eng yaxshi radio
jurnalist»

Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan radio material va radioloyihalar uchun.

6.

«Eng yaxshi internet-jurnalist»

Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan, internet nashr va/yoki ijtimoiy messenjerlarda joylangan materiallar uchun.

 

7.

 

«Eng yaxshi foto muxbir»

O‘zbekiston hayotining turli jabhalari, dolzarb voqeliklarini aks ettiradigan, bosma va/yoki tarmoq nashrlarda joylangan foto-reportajlar uchun.

8.

«O‘zbekiston milliy jurnalistikasining afsonasi»

Ommaviy axborot vositalarida ko‘p yillik ish tajribasiga ega, professional, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan bir qatorda yosh jurnalistlar tarbiyasiga katta hissa qo‘shgan faxriy jurnalistlar yoki yoshi ulug‘ ijodkor jurnalistlar.

9.

«Eng faol matbuot xizmati»

Davlat organi va tashkilotlarning faoliyatini keng yoritish, shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, OAV va jamoatchilikning axborot olish borasidagi ehtiyojlarini qondirishda ko‘rsatgan faolligi uchun.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring