Andijonda Tez tibbiy yordam markazi «zamdirektor»i o‘z ishiga tiklandi – MIB
Andijon viloyatida g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi.
MIB axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, Respublika Tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining 2023-yil 5-sentyabrdagi buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilgan va fuqaro N.N. muassasa direktorining tezkor ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga ishga tiklanishi belgilangan.
Mazkur talab asosida Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilgan.
Natijada, direktor buyrug‘i bilan xodim N.N. direktor o‘rinbosari lavozimiga tiklanishi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter