Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«AloqaTech Lab» akseleratsiya va inkubatsiya dasturining «Demo Day» tadbiri bo‘lib o‘tdi

«AloqaTech Lab» akseleratsiya va inkubatsiya dasturining «Demo Day» tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-sentyabr kuni Raqamli texnologiyalar sohasida startap sanoatini rivojlantirish doirasida «IT Park Uzbekistan» tomonidan «Aloqabank» tijorat banki bilan hamkorlikda «AloqaTech Lab» akseleratsiya dasturi tashkil etildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.

 Ushbu dastur moliyaviy texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli xizmatlar va dasturiy mahsulotlar sohasida istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 «AloqaTech Lab» akseleratsiya dasturi uch oylik akselerator bo‘lib, u dastur ishtirokchilari uchun ekspert xizmatlarini, shuningdek, o‘z loyihalarini ishga tushirish uchun texnik, moliyaviy va marketingni qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga oladi.

Dastur joriy yilning may oyida boshlangan va uch oy davom etgan. Akseleratsiya dasturida jami 53 ta loyiha tanlab olindi, ulardan 45 tasi Toshkent shahridan, qolganlari esa Samarqand, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro va Namangan viloyatlaridan. 26 ta startap-loyiha va 189 ta ishtirokchi akseleratsiya dasturining final bosqichiga chiqdi.

«AloqaTech Lab» ishtirokchilari bo‘lgan mustaqil startap loyihalari «Sugʻurta Bozor» onlayn sug‘urta loyihasi va «Coozin» yetkazib berish xizmatlari bo‘yicha umumiy qiymati 160 ming AQSh dollarni tashkil qiluvchi investitsiyalarni jalb etishga muvaffaq bo‘ldi.

«Demo Day» natijalariga ko‘ra, «AloqaVentures» venchur fondidan 50 ming AQSh dollarigacha sarmoya olish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalari aniqlandi.

Bundan tashqari, dastur finalchilaridan 12 ta startap loyihasi, xususan, «ArzonArenda», «AgroW», «Beautify», «Digital saas», «Kale», «Medbox», «My Dars», «Mening hisobchim», «Resttab», «Slondo», «TopX» va «Where to go» kabi loyihalar Entrepreneurship World Cup 2022 tanlovida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring