«Allamjonovga suiqasdga urinish ishi» sudga oshdi. «Ish» maxfiy ko‘riladi
2024-yilning 26-oktyabrida Prezident administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonovga nisbatan uyushtirilgan qurolli hujum ortidan ochilgan jinoiy ish nihoyat sudga oshirildi.
«Ish» bo‘yicha mahkama Harbiy sudda, yopiq sud majlisida boshlangan.
Bu haqda xabar bergan «Ezgulik» jamiyati raisi, huquqshunos Abdurahmon Tashanov sud muhokamasining «mutlaqo maxfiy» boshlanganiga e’tibor qaratib, «sudlanuvchilar sonining ko‘pligi, qo‘yilayotgan ayblovning jiddiyligi va holatning jamoatchilik uchun qanchalik muhimligiga qaramasdan yana mavhumlik hukm surayotgani»ni savol ostiga olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni shu ish doirasida Bosh prokuratura ikki nafar Rossiya fuqarosi – Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovlarni xalqaro qidiruvga bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter