Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyuldan mahalliy poyezd qatnovlari uchun chipta narxlari qimmatlaydi

1-iyuldan mahalliy poyezd qatnovlari uchun chipta narxlari qimmatlaydi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar — «Nasaf», «Sharq», «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilishini ma’lum qilmoqda.

Temir yo‘l kompaniyasiga ko‘ra, chipta narxlari yo‘lovchi poyezdlarda «qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirish» bilan bog‘liq.

Misol tariqasida, 12, 4-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi chiptalari avvalgi narxlari – ekonom 150 600 so‘m, biznes esa 218 244 so‘m bo‘lgan. 1-iyuldan esa quyidagi narxda – ekonom 178 250, biznes 262 805 so‘mni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring