Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zulfiqor Musoqov tegishli organlarga murojaat qildi

Zulfiqor Musoqov tegishli organlarga murojaat qildi

Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov mualliflik huquqi buzilishi holatlari yuzasidan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qildi.

«Hurmatli teletomoshabinlar va internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar! Men kinorejissyor va kinodramaturg Zulfiqor Musoqov, sizlarga rasmiy shaklda ushbu xabarni yetkazmoqchiman. Oxirgi paytlarda ko‘pgina tashkilotlar o‘zlarining reklama roliklarida men yaratgan ko‘pgina filmlarimning kadrlarini va hattoki o‘sha filmda ishlagan aktyorlar ishtirokida aynan ularning o‘zi o‘ynagan personajlarini ijro etib, mendan beruxsat efirda va internet tarmoqlarida namoyish qilishyapti.

Shuni ma’lum qilmoqchi edimki, shaxsan mendan hech kim bu reklamalarni tayyorlash bo‘yicha hech qanaqa ruxsat olishmagan. Keyingi paytlarda menga va ijodimga nisbatan mualliflik huquqlarini (ssenariy muallifi va rejissyor sifatida) o‘ta qo‘pol ravishda buzish holatlarini ko‘p kuzatyapman. Bu ishlarga mening hech qanaqa aloqam yo‘q.

Umidvormanki, meni to‘g‘ri tushunasiz. Ko‘pgina muxlislardan menga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda: «Nahotki siz o‘z filmlaringizni arzon bozorga soldingiz», degan e’tirozlarni eshitdim. Vaholanki, men bu ishlardan umuman uzoqdaman... O‘ylaymanki, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bu murojaatimni befarq qoldirishmaydi», deb yozdi rejissyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring