Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zominda xalqaro maqom san’ati anjumani boshlandi

Zominda xalqaro maqom san’ati anjumani boshlandi

Kadr: O‘zbekiston 24.

Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanida YuNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” boshlandi.

O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.

Anjuman doirasida 28-29-iyun kunlari “II Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi – xalqaro hay’at tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari uchta nominatsiya: “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo‘yicha baholanadi.  

“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuyetka va pul mukofotlari bilan t aqdirlanadilar.

Shuningdek, Zominsoy majumasi hududida madaniyati va san’atini namoyish etish uchun respublikaning 14 ta hududi o‘z povilonlarini tashkil etdi. Ushbu yarmarkada xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi ko‘zda tutilgan. 

Ma’lumot uchun: Birinchi xalqaro maqom san’ati anjumani 2018 yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrining tarixiy markazida o‘tkazilgan. Unda jahonning 75 mamlakatidan yakkaxon xonandalar, folklor jamoalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring