Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuriy Nikulinning so‘nggi kunlari

Yuriy Nikulinning so‘nggi kunlari

Mashhur artist Yuriy Nikulin ishtirok etgan filmlarni kim sevib tomosha qilmagan, uning latifa­la­ridan kim mi­riqib kulmagan deysiz! Aktyorning shaxsiy hayoti ham ko‘pchilikni qiziqtiradi. Nikulin umrining so‘nggi o‘n yilini kiyevlik ayol bi­lan bog‘ladi. Ular avvaliga do‘st­la­shish­di, keyin bu do‘stlik yanada mustahkam bo‘ldi.

Valentina Gri­gor­yevna jiyanini (uka­sining qizini) Mos­kva­ markaziy xiyobonidagi sirkka olib bormoqchi bo‘­­ladi. Biroq u yerga chipta so­tib olish qiyin. Nima qi­­lish kerak? Valentina Grigorevna o‘ylab-o‘y­lab Ki­yevdan turib Yuriy Ni­ku­­linga xat orqali muro­ja­at qiladi. Ni­ku­lin­­dan javob olgach, xursandchi­likdan boshi osmonga yetadi.

Charli Chaplin, Oleg Popov, Yuriy Nikulinlarning ashad­­diy muxlisi bo‘lgan Valentina «Kavkaz asirasi» va «Bril­liant qo‘l» kinokomediyalarini qayta-qayta ko‘­­rib to‘y­masdi. Unga, ayniqsa, Yuriy Nikulin yoqar­di. Nikulin bilan tani­shish birdan-bir orzusi edi. Mana, shun­day baxt nasib et­di.

Javob xati kelganida Valentina Grigorevna os­monning yet­tinchi qavatida edi go‘yo. Oddiy fransuz tili o‘qi­tuvchisi nafaqaga chiqib shunday mashhur inson bi­lan tanishadi deb kim o‘ylabdi deysiz? Xullas, Valentina ko‘p o‘ylab o‘tirmay jiyani bilan Mos­kvaga yo‘l ola­di. Sirkdagi tomoshalardan hay­rat­lan­gach, o‘zini tutolmay Ni­ku­linga bitgan minnat­dor­chilik maktubini navbatchiga qol­­dirib, ortiga qaytadi. Xatni o‘qigan Yuriy Va­len­tinaga qo‘ng‘iroq qilib, tomosha yoqqanidan xur­sand­ligini aytadi va uni bir oydan keyingi premeraga taklif qiladi.

Bu safar Valentina sirkka yolg‘iz keladi. Uni Yuriy Ni­kulinning o‘zi kutib oladi. Ular bir soatdan ko‘p­roq suhbatlashishadi. Valentina Yuriyga butun hayotini so‘z­lab beradi. Shunday qilib do‘stlik rishtalari bog‘la­na­di. Ular telefonlashib, xat yozib turishadi. Valen­tina Moskvaga kelganida qabulxonada Yuriy Nikulinning odam­larni qabul qilib bo‘lishini soatlab kutardi. Ajo­yib, mustahkam oilasi bo‘lishiga qaramay, Niku­linni yaxshi ko‘radiganlar ko‘p edi. Shunday bo‘lsa-da, u o‘zini yolg‘izdek his qilardi. Keyingi paytda in­tervyu bergan va Nikulin haqida no­jo‘ya gapirgani Yevgeniy Morgunov bilan muno­sa­batlari buzilgan, o‘rtaga sovuq­chi­lik tu­shgan edi.

Yuriy Nikulin Valentina Grigorevnaga shun­day xat yozadi:

«17.01.1995 y. Aziz va hurmatli Valentina Grigorevna! Ha­yot o‘z oqimida ketmoqda. Eski yil bilan o‘z vaqtida xayr­­lashdik. Latifalar kitobimning yangi nusxalari qo‘­lim­ga teg­di. Peterburgda o‘tkazilgan tanlovda «Oltin Ostap» muko­foti sovrindori bo‘ldim. Shunday yangiliklar qa­tori noxushliklar ham bor. Juda ko‘p do‘stlarimdan ay­rildim. Bundan iztirobdaman...»

Ular yaqin hamdard, hamfikr, maslakdosh edi­lar. Valentina bir yilda ikki-uch marotaba Moskvaga ke­lib, qarindoshinikida yashardi. Nikulin bilan esa sirkda yoki sirk kafesida uchrashar edi. Kelasi gal Valentina Mos­kvaga kelganida Yuriy Vladimi­ro­vich qiziqarli dasturga tay­yorgarlik ko‘rayotgan edi. U Va­lentinaga Katta opera va ba­let teatridagi eng zo‘r spek­taklga taklifnoma beradi. Nav­batchi ayol qo‘lidagi chiptada Yu.Nikulin imzosi bor­ligini ko‘rib hayratdan yoqa ushlaydi. «Men u bilan sirkda bir­ga ishlaganman, − deydi quvonchini yashirolmay. − U shu qadar ajoyib in­sonki, tanaffusda kelsangiz, sizga ajo­yib narsa ko‘r­sataman».

Valentina teatrda yuqori lavozimdagilar o‘tira­di­gan qa­tor­dan joy oladi. Tanaffusda navbatchi ayolning oldiga bo­radi. U Valentinani mansabdor mehmonlar qabul qi­linadigan xo­­naga boshlab kiradi. Valentina hamma­yog‘i zarhal iplarda tikilgan matolar bilan bezatilgan xo­nani ko‘rib hayratdan dong qotib qoladi. Kechqurun Yu.Nikulin telefon qilib, Va­lentinadan taassurot­la­rini so‘raydi. U esa to‘lqinlanib ga­pirib beradi. Bu xonani hattoki Nikulinga ham ko‘r­sa­tishmagan ekan.

Yuriy Nikulin sermulohaza, ajoyib, bag‘ri keng in­son edi. Valentina telefonda yoki yozgan xatlarida un­dan ra­fiqasi Tatyana Nikolayevna haqida so‘ra­gan­ida doimo iliq fikrlarni aytgan.

Yuriyning onasi uylari yonida yilqichilik fermasi joy­lashgani bois o‘g‘lini ot bosib ketishi mumkinli­gi­dan judayam qo‘r­qardi. Onasi har qancha ehtiyot qilmasin, Yuriy Vladi­miro­vich ot ostida qoladi. O‘sha otchopar Tanya onasi bilan Yuriy­ni ko‘rgani kasalxonaga kela­di... Bu qizaloq kelgusida Yuriy Nikulinga turmushga chi­qadi.

«Azizim Valentina Grigorevna, uzoq jim­lik­­dan so‘ng sizga yana maktub yo‘llayapman. Vlad Listev o‘l­di­ril­ga­ch, xatingizni oldim. Men ham sizga o‘x­shab ko‘p siqildim. Chunki kamina  ham bu in­sonni yaxshi ko‘rar­dim. O‘limidan uch kun oldin Listev kech­qu­run «Oq to‘tiqush» klu­biga keldi. Mening oldimga ki­rib yuzlarimdan o‘pib shunday de­di: «Hurmatli Yuriy Vla­dimirovich, siz tasavvur qilol­maysiz, men sizni ko‘r­ganimdan bag‘oyat baxtiyorman». O‘ylashim­cha, uning o‘li­mi xuddi boshqa qotilliklar singari «Asr­­­ning si­ri» bo‘lib qoladi. Judayam qo‘rqinchli zamonda yasha­yap­miz...»

1996-yil 18-dekabrda Yuriy Nikulin Valentinani o‘zi­ning 75 yillik yubileyiga taklif qiladi. Shu yerda u Yu.Niku­linning xotini bilan tanishadi. Valentina aziz inson uchun nima sovg‘a qilishini bilmay boshi qo­tadi. O‘ylay-o‘ylay qadimgi kumush vazani hadya qi­ladi.

Yubiley sirk binosida o‘tkazilib, unda artist­lar, rejissyorlar, yozuvchilar va bosh­qa mashhur insonlar ishtirok etadi. Valentinani eng aziz mehmon sifatida Yuriyga yaqinroq joyga o‘tqazishadi. Yu.Niku­lin­ning oila a’zolari birma-bir so‘zga chiqishadi. Yuriy Vladimirovichga «Nikulin» raqamli avtomobil va boshqa qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etiladi. Valen­ti­na o‘shan­da Yuriy Vladimirovichni so‘nggi marta ko‘­ra­yotganini bilmasdi...

Nikulin Valentinaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini noxush his eta­yotganini, kasalxonaga yotishini aytadi. O‘sha kun­lari Valentina yomon tush ko‘rgan. U Yu.Nikulinning uyiga, dala hovlisiga qo‘ng‘iroq qila­di. Afsuski, hech kim javob bermaydi. Kech­qu­run Tatyana Nikolayevna erini ope­ratsiyaga tayyorla­shayotgani haqida Valentinaga xabar beradi. Afsuski, bir necha kun­dan so‘ng mashhur aktyor Yuriy Nikulin vafot etadi...

«Salom, azizim Valentina Grigorevna! Mu­shak­­lar, shovqin-suronlar ovozi allaqachon tindi. Oylik film­lar na­moyishi tugadi. Ayrimlarida kamina ishtirok et­dim. Sov­g‘alar taqsimlab bo‘lindi, ba’zilari shundoqligicha qolib ham ketdi. Sizning vazangiz esa stolimni be­zab turibdi. Nihoyat hayajonli daqiqalardan uzoq­lash­dim. Men bu bema’ni bayramni o‘tkazmaslikka bekorga qar­shi chiqmagandim. Axir mamlakatda nimalar sodir bo‘l­yap­ti? Men dunyoning turli burchaklaridan juda ko‘plab xat­lar olardim. Hozir ham yuzlab maktub keladi. Ular­dan ikki-uchtasi dastxat yoki sovg‘aga kitob so‘rasa, ak­sa­ri­ya­ti kundalik yashashi uchun, operatsiyaga, dori-darmonga pul jo‘­na­tishimni iltimos qilishadi. Ayrim­lari meni ish joyimdan ham topib olishadi.

Yarim yil oldin o‘g‘lim Mak­sim bilan bir necha yolg‘iz va yordamga muhtoj moskva­lik­larga yordam qildik. Ularni kasalxonaga joylashtirdik, no­gironlik aravachalari sotib olib berdik. Ularni mehmon qilish uchun Mos­kvaning markazidan joy aj­ratishga muvaffaq bo‘ldik. Shu ish­larni amalga oshirganimdan so‘ng men o‘zimni juda yengil his qil­dim. Xo‘sh, qol­ganlarga qanday yordam berish mumkin?

Oilam haqida ay­tadigan bo‘lsam, Tatyana Nikolayevna o‘pkasini sha­mol­latibdi, kuchuklarim ham kasal. Bu yil qish yog‘in-so­chinli keldi, hammayoq loygarchilik. Sirkda esa ishlar o‘sha-o‘sha. V.Chernomirdin bizga bitta avtobus va yuk ma­shi­nasi sovg‘a qildi. Hammamiz xur­sandmiz. Arzimas maosh bilan bularni sotib olol­mas­dik. Men o‘sha kuni g‘ala-g‘ovurda sizga yaxshiroq qaramaga­nim­dan o‘zimni kechirolmayapman.

Hurmat bilan Sizning Ni­kuliningiz».

Yuriy Nikulin vafotidan so‘ng Valentina Moskva­dan qa­da­mini uzdi. Uning uchun Moskva ham, sirk ham o‘z qiymatini yo‘­qotgan edi. U barcha narsaga befarq, uydan ko‘­chaga kam chiqadigan bo‘lib qoldi.

Valentina Grigorevna yolg‘iz yashar, befarzand edi. Eng yaqin ki­shisini topganida un­dan ham ayrildi. Bir kam dunyo deb shunga aytsalar kerak-da...

Izzat Ahmedov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring