Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yalangto‘sh Bahodir haqida film suratga olinadi

Yalangto‘sh Bahodir haqida film suratga olinadi

Kinematografiya agentligi Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Yalangto‘sh Bahodir haqida film suratga oladi.

Bu haqda «Matonat» hujjatli filmining Samarqanddagi premerasi paytida ma’lum qilindi. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov «Yalangto‘sh Bahodir» filmini hamkorlikda suratga olinishini bildirdi. Yangi loyiha ustida rejissyor sifatida Jahongir Ahmedov ishlaydi. Yana bir hamkorlikdagi film «Samarqandda qovun ifori» filmi taniqli va yetuk rejisser Ali Xamrayev tomonidan suratga olinadi.

Mazkur tadbirda Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqishib, o‘zaro hamkorlikda qilinayotgan ishlarga to‘xtalishdi. Hamkorlikdagi yangi loyihalar bo‘yicha memorandum imzolandi.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov memorandum haqida so‘zladi: «Biz Kinematografiya agentligi bilan «Matonat» filmidan so‘ng, boshqa yangi loyihaga Samarqand hududida hokimlik qilgan Yalangto‘sh Bahodir haqida badiiy film suratga olish bo‘yicha taklif bilan chiqdik. Mana bugun Agentlik bilan hokimlik bilan memorandum imzolaymiz. O‘ylaymanki, o‘zbek kinosi borgan sari rivojlanyapti, bizning o‘zaro hamkorligimiz ham uzoq yillar davom etadi»

Shundan so‘ng, kinorejissyor Shuhrat Mahmudovning «Matonat» filmi ijodkorlari tanishtirildi. Mazkur hujjatli film ham Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Unda ikkinchi jahon urushi yillarida nemis fashistlarining Gollandiyadagi konslagerida qaxramonlarcha halok bo‘lgan 101 o‘zbek askarlari haqida hikoya qilinadi. Tadbir yakunida «Matonat» hujjatli filmi premera qilindi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring