«XIX asrda O‘zbekiston» fotoko‘rgazmasi ochildi (foto)
Kecha, 4 noyabr kuni Toshkent shahar «Fotosuratlar uyi» ko‘rgazma markazida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid II nomidagi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi hamkorligida Sankt-Peterburgdagi Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan O‘rta Osiyoning mashhur fotograflaridan biri Viktor Ordenga tegishli fotosuratlardan tashkil topgan ko‘rgazmaning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Fotograf V. Orden tomonidan tasvirga olingan va ilk marotaba chop etilgan bu noyob suratlar to‘plami O‘rta Osiyo turkiy xalqlari madaniyatini namoyon qiladi. Shuningdek, suratlarda O‘zbekistonning XIX-asrdagi madaniy merosi, ijtimoiy va kundalik hayoti, urf-odat va an’analari, oilalar turmush tarzi, yuqori va quyi tabaqa vakillari suratlari, qishloq va shaharlar manzaralari, milliy liboslar hamda dehqonlar va hunarmandlarning faoliyati keng ochib berilgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan san’at ixlosmandlari, mahalliy tarixni qadrlovchi muxlislar «Yuzyilda O‘zbekiston», «XIX asrda O‘zbekiston» nomli kitob bilan ham tanishishlari mumkin. Kitobda 114ta surat o‘rin olgan bo‘lib, o‘zbek, turk va ingliz tillarida chop etilgan.
Fotoko‘rgazma 11 noyabrgacha davom etadi.
Solijon Zoirov,
Muallif olgan suratlar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter