Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shum bola»ga atalgan ko‘cha asari yaratildi (Video)

«Shum bola»ga atalgan ko‘cha asari yaratildi (Video)

Toshkentning Chilonzor tumanida noma’lum rassom qalamiga mansub «Shum bola» filmi bosh qahramoni graffitisi paydo bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Abdurayim Abduvahobovni o‘zbek xalqi o‘z o‘g‘li, o‘z aktyoridek qabul qildi, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

Uning ijro etgan rollari ko‘nglimizga yaqin bo‘lgani uchun har biriga alohida mehr qo‘ydik, har safar tomosha qilganimizda qahramonlari bilan birga yashadik: kulsa, kuldik, yig‘lasa, yig‘ladik...

Barchamizga ayon, inson eng qimmatli narsasini yo‘qotgandagina, uning qadri qanchalar baland bo‘lganini tushunib yetadi. Tan olamizmi-yo‘qmi, lekin – bu haqiqat. Shu kunlarda nafaqat biz san’at ahli, balki butun xalq hammamiz uchun qadrli bo‘lgan chin insonni, asl o‘zbek aktyorini yo‘qotganimizni angladik.

Televideniye, radio, matbuot, saytlar, ijtimoiy tarmoqlar hamon uni xotirlashdan to‘xtamayapti. Chunki u bunga munosib ko‘rildi. Toshkentning Chilonzor tumani Gagarin ko‘chasida noma’lum rassom qalamiga mansub «Shum bola» filmi bosh qahramoni graffitisining paydo bo‘lishi ham bunga bir misoldir. Ushbu ko‘cha asari taniqli aktyor Abdurayim Abduvahobov xotirasiga bag‘ishlangan.

Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, noyob iqtidor egasi betakror rollari bilan o‘zini abadiyatga muhrlay oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring