Shoir va jurnalist Minhojiddin Haydar vafot etdi
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Minhojiddin Haydar 84 yoshida vafot etdi.
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941-yilning 3-may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi.
Uning birinchi she’riy to‘plami 1971-yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning «Nina ustida qasr» (1979), «O‘chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), «Bulbulsiz» (1991) kabi bir qator she’riy to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi.
U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, «Onaizor» (1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy dramalari va pamfletlarini yozgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter