Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik mashhur boshlovchi yosh jurnalistlar uchun trening o‘tkazdi

Rossiyalik mashhur boshlovchi yosh jurnalistlar uchun trening o‘tkazdi

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan 3-7 may «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» mediahaftaligining ikkinchi kunida teleboshlovchi va dokumentalist Valdis Pelsh tomonidan bir guruh yosh jurnalistlar uchun trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur treningda Valdis Pelsh tomonidan hujjatli ko‘rsatuvlar va vizual asarlar yaratish, moliyaviy taqdimotlarni tuzish, kreativ dasturlar va innovatsion media-loyihalar yaratish kabi mahorat sirlari o‘rgatildi.

Shuningdek, zalga yig‘ilgan yosh jurnalist va muxbirlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va Valdis Pelsh bilan muloqotlar tashkil etildi.

Shu bilan birga, rossiyalik jurnalist Boris Maksudov ishtirokida yosh jurnalistlar uchun maxsus uchrashuv va master-klass, yoshlar uchun jurnalistlar Amirxon Umarov, Baxtiyor To‘raxonov bilan uchrashuv va master-klass, yosh operatorlar uchun TATU kafedra mudiri, operator Botir Bozorboyev bilan uchrashuv va master-klass, «Yosh kinematografistlar assotsiatsiyassi» bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Mediahaftalik davomida yosh jurnalistlar uchun mahorat darslari davom etadi. «Yoshlar Media studiyalari» loyihasining ishtirokchilari – iste’dodli yoshlar uchun mo‘ljallangan seminarlar, Yoshlar jurnalistikasini rivojlantirish bo‘yicha «Ayollar media-klubi» ning maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring