Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti vafot etdi

Taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashevning vafoti haqida «Feysbuk»dagi Tashkent Retrospective sahifasi xabar berdi.

Shuhrat Ibrohimovich Ergashev 1945-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U lift zavodida montajchi bo‘lib ishlagan. Keyinroq Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan (1968).

O‘qishni tugatgach, Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktyor sifatida bir qator qiziqarli obrazlarni yaratgan.

1970-yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ish boshlagan. U kino aktyori sifatida Elyor Ishmuhammedovning «Noziklik» (1966) filmida debyut qilgan.

Faoliyati davomida o‘ttizdan ortiq filmlarda rol o‘ynagan: «Dilorom» (Moni), «Qo‘mondonning qaytishi» (Mauser), «U yolg‘iz emasdi» (Akbarov), «Qora konsulning o‘limi» (Jamol Ubaydulla), «Semurg‘» (Sherzod), «Bu yaxshi yigit» (Timur), «Men senga shahar beraman» (haydovchi), «Uchrashuvlar va ajralishlar» (Shuhrat), «Shumbola»(kinochi), «Ilk yo‘lovchilar» (Akbarov) va shular jumlasidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring