Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy teatrning ustoz san’atkorlari Sardobadagi harbiylar holidan xabar oldi

Milliy teatrning ustoz san’atkorlari Sardobadagi harbiylar holidan xabar oldi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrining bir guruh ijodkorlari Sirdaryo viloyatidagi Mirzaobod tumani Haqiqat mahallasidagi talofat ko‘rgan fuqarolardan ko‘ngil so‘rash, tinim bilmay mehnat qilayotgan harbiylar holidan xabar olish maqsadida yo‘lga otlanishdi.

Milliy teatr direktori Fatxulla Ma’sudov, ustoz san’atkorlar Yoqub Ahmedov, Tesha Mo‘minov, Saida Rametova, Zuhra Ashurovalar hamda Mahalla va oilalarni qo‘llab­ quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi birgalikda karantin bo‘yicha xavfsizlik holatini ta’minlagan holda qisqa uchrashuv tashkil etdi.

— Mard, jasur o‘g‘lonlar hozirgi savobli amallaringizni xalq hech qachon unutmaydi. Xalqimiz boshiga tushgan ushbu kulfat bizni birdamlikka, mehr oqibat sari undadi, — deya teatr direktori Fatxulla Ma’sudov harbiylarga kitoblar tarqatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring