Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat vazirligi tomonidan uch yilda bir marotaba o‘tkaziladigan tanlovining final bosqichiga start berildi

Madaniyat vazirligi tomonidan uch yilda bir marotaba o‘tkaziladigan tanlovining final bosqichiga start berildi

Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi M.Qori-Yoqubov nomidagi respublika tanlovining final bosqichiga start berildi. Bu haqda madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, o‘zlari tanlagan ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish, o‘zbek va boshqa xalqlar kuylaridan bahramand bo‘lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Madaniyat vazirligi tomonidan uch yilda bir marotaba o‘tkaziladigan mazkur tanlovning bu galgi bosqichida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlarning an’anaviy ijrochilik va xalq cholg‘ulari yo‘nalishida jami 29 ta nominatsiya bo‘yicha ijodiy ishlari qabul qilingan. Hududiy bosqichlarida 13 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularning 253 nafari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Bugun o‘quvchilardan qabul qilib olingan videoyozuvlarni Hakamlar hay’ati tomonidan saralash boshlandi. Natijalar bo‘yicha tez orada to‘liq ma’lumot beriladi va g‘oliblar «Turkiston» san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring