Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qizil bayroq» ko‘tarilgan konsert jarayonlariga kim javobgar bo‘lgani aytildi

«Qizil bayroq» ko‘tarilgan konsert jarayonlariga kim javobgar bo‘lgani aytildi

Toshkent shahri markazida tashkil etilgan konsert dasturida yig‘ilganlar tomonidan SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani ijtimoiy tarmoqlarda keskin e’tirozlarni keltirib chiqargani haqida xabar bergan edik.

Madaniyat vazirligi ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 1 may kuni «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyining old tomonida «Xor turetskogo i soprano»  jamoasi tomonidan «G‘alaba qo‘shiqlari» kuylanib, konsert dasturi namoyish etilgan.

«Madaniyat vazirligi ushbu konsert dasturining O‘zbekistonda o‘tkazilishida hamkor hisoblanib, faqat sahnadagi jarayonlarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Ya’ni, ishtirokchilarning sahnada o‘zini tutishi, milliy urf-odat va an’analarga zid bo‘lmagan musiqiy dasturlar taqdim etilishini nazorat qilib, namoyishning badiiy saviyasi, yetukligiga javobgar hisoblanadi.

Lekin bugun har birimiz milliyligimiz, tilimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz targ‘iboti yo‘lida xizmat qilar ekanmiz, buni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki o‘zimiz namuna ko‘rsatgan holda yetkazishimiz lozim deb bilamiz. Bunga shu yurtning har bir farzandini mas’ul deb hisoblaymiz», deyiladi vazirlik munosabatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring