Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jeyms Bondlarning eng zo‘ri aniqlandi (foto)

Jeyms Bondlarning eng zo‘ri aniqlandi (foto)

Foto: «Kinowar»

«RadioTimes» o‘quvchilari «Agent 007» — Jeyms Bond obrazini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq jonlantirib bergan aktyorga ovoz berishdi.

Ovoz berishda kinodagi ingliz josusining 14 mingdan ortiq fanati qatnashdi.

Shon Konneri (chapda) va Deniyel Kreyg

Ovoz berishning birinchi raundida Shon Konneri (56 foiz ovoz) amaldagi 007 — Deniyel Kreyg (43 foiz ovoz)dan ustun keldi.

Pirs Brosnan (chapda) va Jorj Lezenbi

Ikkinchi raundda Pirs Brosnan g‘olib chiqdi. 76 foiz ovozni o‘ziniki qilib olgan Brosnan avstraliyalik aktyor Jorj Lezenbi (24 foiz)ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Rojer Mur (chapda) va Timoti Dalton

Uchinchi raund kutilmagan natijani taqdim etdi: 41 foiz ovoz to‘plagan Rojer Mur o‘z o‘rinbosari — Timoti Dalton (49 foiz)ga yutqazib qo‘ydi.

Finalda Konneri, Dalton, Brosnan uchligi to‘qnashdi. Klassik Jeym Bond — Shon Konneri 44 foiz ovoz bilan «eng yaxshi josus»ga aylandi. Dalton (32 foiz) — ikkinchi, Brosnan (23 foiz) — uchinchi.

Ma’lumot uchun: Shon Konneri — kinodagi 007 larning birinchisi. Bondiananing beshta filmida suratga tushgan: «Doktor Nou» (1962-yil), «Rossiyadan muhabbat bilan» (1963-yil), «Goldfinger» (1964-yil), «Sharsimon yashin» (1965-yil) «Faqat ikki marta yashaysan» (1967-yil).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring