Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarining milliy televizion premerasi bo‘lib o‘tadi

«Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarining milliy televizion premerasi bo‘lib o‘tadi

8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami munosabati bilan yurtimiz telekanallarida «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan «Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarining milliy televizion namoyishi o‘tkaziladi.

«Ibrat» tarixiy-badiiy filmi yetuk ma’rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, jadidchi olim Is’hoqxon Ibratning hayoti va ijodi haqida bo‘lib, «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

«Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmi esa dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Behbudiy haqida bo‘lib, film agentlik buyurtmasiga binoan «Inson”»kinostudiyasi tomonidan tasvirga olingan.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring