Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gollivud aktrisasi Jina Roulends 94 yoshida vafot etdi

Gollivud aktrisasi Jina Roulends 94 yoshida vafot etdi

«Xotira kundaligi» filmidan kadr.

Taniqli aktrisa Jina Roulends 94 yoshida Kaliforniyadagi uyida vafot etdi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Aktrisa uzoq yillar Alsgeymer kasalligidan aziyat chekib kelgani haqida o‘g‘li, kinorejissyor Nik Kassavetis ma’lum qildi.

Roulends 1930-yilda Viskonsin shtatida tug‘ilgan. Faoliyatini seriallarda boshlab, kinoda taniqli rejissyor (turmush o‘rtog‘i) Jon Kassavetis bilan 20 yillik hamkorlik ortidan shuhrat qozongan. Er-xotin 10 ta filmni suratga olishgan: «Qiyofalar», «Premera», «Gloriya» va boshqalar.

Aktrisa ishtirokidagi boshqa mashhur filmlar — «Yerdagi oqshom», «Barcha eshiklarning kaliti», «Umid uchqunlari» kabilar.

Jina Roulends o‘g‘li Nik Kassavetisning «Xotira kundaligi» filmida bosh rol — Alsgeymerga chalingan ayol obrazini yaratgan. O‘zining aytishicha, onasi ham shu xastalikka yo‘liqqani bois, bu rolni jonlantirish unga ancha og‘riqli kechgan.

Jina Roulends to‘rt karra «Emmi» mukofoti, ikki marta «Oltin globus» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Kino taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy «Oskar» bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring