Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cho‘lponni sotganlar ochiq-oydin ko‘rsatib beriladi» — Jadidlar haqidagi roman nashrdan chiqarilmoqda

«Cho‘lponni sotganlar ochiq-oydin ko‘rsatib beriladi» — Jadidlar haqidagi roman nashrdan chiqarilmoqda

Jadidlar hayoti va ijodi haqida o‘zbek adabiyotida yozilgan yirik badiiy asar — «Tegirmon» romani qayta nashrdan chiqarilmoqda. Bu haqda yozuvchi Nabi Jaloliddin ma’lum qildi.

Ushbu asar Cho‘lponga bag‘ishlangan bo‘lishiga qaramay, unda barcha jadidlar haqida so‘z boradi.

Romanda jadidlardan tashqari ozodlik yo‘lida jonini tikkan Madaminbek qo‘rboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qo‘qon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar yozilgan.

«Millatning eng zabardast shoiri, yozuvchisi va jadidi Cho‘lpon hayotidagi evrilishlar, bolaligi va ijodi haqida batafsil hikoya qilinadi. Cho‘lponni sotganlar ochiq-oydin ko‘rsatib beriladi.

Cho‘lponning qamalishi, qatl etilishi bilan bog‘liq yangi faktlar, o‘zgacha yondashuvlar ro‘monni yanada boyitgan. Eng muhimi, bari tarixiy faktlarga asoslangan», deya qayd etdi muallif Nabi Jaloliddin.

Ma’lum qilinishicha, ikki kitobdan iborat dilogiya ayni paytda «Cho‘lpon» nomi bilan nashrga tayyorlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring