Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aida Yunusova vafot etdi

Aida Yunusova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda vafot etdi. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aida Yunusova 1948-yili Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1970 yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligidayoq rejissyorlar e’tiboriga tushib, kinoga taklif qilingan.

Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, «Ajoyib xayolparast», «Chinor ostidagi duel», «Olovli yo‘llar», «Oltin kuz», «Mehrigiyo», «Zulmatni tark etib», «Karvon», «Anor», «Birinchi yo‘lovchilar» kinolarida suratga tushdi.

Aktrisa sifatida 1989-yilgacha «O‘zbekfilm»da faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng kinoni tark etadi va ma’lum vaqtdan so‘ng yana kinoga qaytdi. Aida Yunusova og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi.

«Xabar.uz» tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring