Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusga chalingan va vafot etgan bemorlar soni bo‘yicha ma’lumot berildi

Yurtimizda koronavirusga chalingan va vafot etgan bemorlar soni bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: «Tviibb.uz»

2021-yil 22-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 170520 (+531) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon, 4 nafari Buxoro, 6 nafari Jizzax, 3 nafari Qashqadaryo, 4 nafari Navoiy, 7 nafari Namangan, 51 nafari Samarqand, 20 nafari Sirdaryo, 14 nafari Surxondaryo, 21 nafari Farg‘ona, 5 nafari Xorazm, 134 nafari Toshkent viloyatlarida, 241 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14, Buxoro viloyatida 4, Jizzax viloyatida 14, Qashqadaryo viloyatida 3, Navoiy viloyatida 5, Namangan viloyatida 15, Samarqand viloyatida 73, Surxondaryo viloyatida 19, Farg‘ona viloyatida 12, Toshkent viloyatida 132, Toshkent shahrida 338 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 164614 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1207 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring