Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST Xitoyda koronavirus kelib chiqishini tekshirishga qaror qildi

JSST Xitoyda koronavirus kelib chiqishini tekshirishga qaror qildi

Foto: «Theins.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 kelib chiqish sababini aniqlash uchun Xitoyga o‘z odamlarini yuborish niyatida, deya ma’lum qildi tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreysus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish bilan shug‘ullanadigan JSST guruhi keyingi hafta Xitoyga yo‘l oladi.

Avvalroq JSST bosh direktori koronavirus pandemiyasi dunyoda yarim yildan beri davom etayotgani, lekin vaziyat yaxshilanmayotgani, aksincha, global miqyosda jadallashganini aytib o‘tgandi.

Gebreysusning ta’kidlashicha, ko‘pgina davlatlarda ma’lum yutuqlarga erishgan bo‘lishiga qaramay, global miqyosda pandemiya tarqalishi tezlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring