Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina poygasi: Yevropa Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga to‘rtta savol bilan chiqdi

Vaksina poygasi: Yevropa Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga to‘rtta savol bilan chiqdi

Foto: «Gtrkpskov.ru»

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi vaksina poygasida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Biroq ko‘pchilikda uning ishonchliligi va samaradorligi borasida savollar kelib chiqmoqda, deb yozadi «L’Express» fransuz nashri.

Yevropalik jurnalistlarning ta’kidlashicha, jamoatchilik vaksina ishlab chiqishning to‘rtta jihatini muhokama qilmoqda: «Rossiya nima va’da qiladi? Tadqiqotlar qaysi bosqichda? Bu haqda olimlar qanday fikrda? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nima deydi?»

Mutaxassislarni Rossiya vaksinasini ishlab chiqish tezligi xavotirga solmoqda. Ekspertlarning fikricha, ishlab chiqishni tezlashtirish maqsadida ayrim bosqichlar o‘tkazib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Ular vaksina poygasini 1957-yilda SSSRning birinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishi bilan taqqoslashmoqda.

JSST bunday xavotirlarni qo‘llab-quvvatlab, Rossiyani vaksina ishlab chiqishda amaldagi protokollarga amal qilishga chaqirdi. Tashkilotning rasmiy vakili Kristian Lindmayerning ta’kidlashicha, bu vaksina nimaga qarshi ishlashi, kimga yordam berishi, aks ta’siri bor-yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring