Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaksina olganlar COVID-19ni boshqalarga qaraganda 3 barobar kam yuqtirishi aniqlandi

Vaksina olganlar COVID-19ni boshqalarga qaraganda 3 barobar kam yuqtirishi aniqlandi

London Imperial kolleji va Ipsos MORI marketing tadqiqotlari mutaxassislarining fikriga ko‘ra, COVID-19 vaksinasining ikki komponentini olgan odamlarda kasallik yuqtirish xavfi kam. Ular emlanmagan odamlarga qaraganda uch barobarga kam kasallik yuqishini aniqladilar.

Angliyada REACT-1 deb nomlangan koronavirusni nazorat qilish dasturi tadqiqot natijalari 24 iyundan 12 iyulgacha tekshiruvda bo‘lgan 98 233 kishidan olingan test natijalariga asoslangan.

«Bugungi natijalar COVID-19 ga qarshi emlashning muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda, chunki emlanmaganlarda kasallanish holati vaksina olganlarga nisbatan uch barobarga ko‘proq»,-dedi Ipsos MORI jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kelli Beaver.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar to‘liq emlangan odamlar emlanmaganlarga qaraganda virusni boshqalarga yuqtirish ehtimoli kamroq, chunki ular virusni kamroq tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring